Meksika terma jamoasi JCH-2026 1/16 final uchrashuvida Ekvadorni mag‘lub etdi (2:0).
Shu tariqa, meksikaliklar turnirdagi 4 ta o‘yinda 4 ta g‘alabaga erishib, o‘z darvozalaridan birorta ham to‘p o‘tkazib yuborishmadi. Guruh bosqichida jamoa JAR (2:0), Janubiy Koreya (1:0) va Chexiya (3:0) terma jamoalarini mag‘lub etgan edi. Ushbu o‘yinlarning barchasi Meksikada bo‘lib o‘tdi.
Bundan avval JCH tarixida faqatgina 2 ta jamoa turnirni ketma-ket 4 ta quruq g‘alaba bilan boshlay olgan. Bu natijaga 1986 yilda Braziliya va 1990 yilda Italiya terma jamoalari erishishgan.
Qizig‘i shundaki, ushbu jamoalarning ikkalasiga ham o‘sha Jahon chempionatlarida g‘olib chiqish nasib etmagan. Braziliyaliklar 1/4 finalda Fransiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishgan. Italiya esa o‘z uyida o‘tgan JCHdagi quruq g‘alabalar seriyasini 5 ta o‘yinga yetkazgan, biroq 1/2 finalda Argentinaga yana o‘sha penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygan.
Meksika terma jamoasi 1/8 finalda Angliya — Kongo DR uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.













