Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Konte Italiya terma jamoasi uchun moliyaviy talablarini kamaytirishga tayyor

Konte Italiya terma jamoasi uchun moliyaviy talablarini kamaytirishga tayyor

Baho:
+ | -

«Napoli» klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya milliy terma jamoasini boshqarish uchun o‘z moliyaviy talablarini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

56 yoshli mutaxassis daromadining 50 foizga tushishiga qarshi emas. Agar Konte «Napoli»da yiliga taxminan 8 million yevro ishlab topgan bo‘lsa, milliy terma jamoadagi faoliyat uchun u mavsumga taxminan 4 million yevro olishga rozi.

Bunday talablar bilan Kontening tayinlanishi baribir Roberto Manchinini taklif qilishdan ko‘ra qimmatroqqa tushadi. Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Manchini 2 million yevro maoshga rozilik bildirgan.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi posti Jennaro Gattuzo ketganidan keyin bo‘shab qolgan edi. Gattuzo Italiyani Jahon chempionatiga olib chiqa olmagandi.

Kiritildi: 18:24, 01.07.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик