Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Alaba Ispaniyaga qarshi o‘yin haqida: «Bu o‘yin alohida ahamiyatga ega»

Alaba Ispaniyaga qarshi o‘yin haqida: «Bu o‘yin alohida ahamiyatga ega»

Baho:
+ | -

Avstriya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi David Alaba Jahon chempionati – 2026 doirasidagi Ispaniyaga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jahon birinchiligining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan ushbu uchrashuv 2 iyul kuni Inglvudda (AQSH) bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da chalinadi.

«Bu o‘yin alohida ahamiyatga ega. Men bu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Ispaniya terma jamoasida men La Ligada ko‘p yillar davomida birga o‘ynagan futbolchilar juda ko‘p. Bu qanchalik qiyin bo‘lishini bilamiz, chunki Ispaniya – dunyodagi eng yaxshi terma jamoalardan biri va bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun asosiy favoritlardandir», – deya himoyachining so‘zlarini keltiradi Marca.

JCH-2026 guruh bosqichida avstriyaliklar Jazoir va Iordaniyani ortda qoldirib, ammo Argentinaga imkoniyatni boy bergan holda ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Kiritildi: 19:21, 01.07.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик