«Selta» markaziy yarim himoyachisi Ilayks Moriba «Aston Villa»ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Aston Villa» 23 yoshli xavbekni sotib olish uchun taxminan 11-18 million yevro ajratishga tayyor. Biroq «Selta» o‘z futbolchisi uchun 29,3 million yevro olmoqchi ekanligi ta’kidlanmoqda.
Ispaniya klubi moliyaviy mablag‘ga muhtoj, shu sababli «Aston Villa» murosaga kelishishdan umid qilmoqda. Shu bilan birga, «sherlar» Chempionlar Ligasi omili tufayli Moribaning o‘zi bilan kelishuvga erishishlariga ishonchlari komil.
2025/26 yilgi mavsumda Moriba barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 marta sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.













