Belgiya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 final bahsida Senegal milliy terma jamoasi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu natija haqida «qizil iblislar»ning yulduzli darvozaboni Tibo Kurtua o‘z fikrini bildirdi.
«Biz juda qiyin bahsni o‘tkazdik. Uchrashuv davomida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan edik, ammo o‘zimizga ishonishda davom etdik. Bitta gol maydonda ko‘p narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu safar hammasi bizning foydamizga hal bo‘ldi. Jamoam bilan faxrlanaman», — deya darvozabonning so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, belgiyaliklar qo‘shimcha vaqtlarda 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Jahon chempionatining 1/8 finalida Rudi Garsiya shogirdlari AQSH terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.













