«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Djeymi Karrager joriy mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovriniga da’vogarlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi 12 oylik natijalarga asoslansak, Xarri Keyn “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak. Afsuski, katta ehtimol bilan bunday bo‘lmaydi, chunki Jahon chempionati o‘tkaziladigan yilda sovrin, odatda, g‘olib mamlakatning yulduz futbolchisiga nasib etadi.
Angliya hali ham g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonishni qanchalik xohlamayin, ayniqsa, so‘nggi o‘yinlardan keyin bu fikrni hech narsa tasdiqlamayapti. Agar Argentina zafar quchsa, Lionel Messi “Oltin to‘p”ni yutadi.
Agar Fransiya turnirda g‘olib chiqsa, sovrin ularning jamoasidagi asosiy o‘yinchilardan biriga beriladi. Keynning “Bavariya”dagi sherigi Maykl Olise kuchli da’vogar hisoblanadi. Kilian Mbappening o‘z standartlariga qaraganda, u klubda omadsiz yilni o‘tkazdi, ammo uning Jahon chempionatidagi fantastik o‘yiniga qarab baho berilganda, bu unutiladi.
“PSJ”ning yana bir yulduzi shaxsiy sovrinni nishonlashi mumkin, garchi ularning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasi bitta ajralib turgan futbolchining natijasidan ko‘ra ko‘proq jamoaviy mehnatga o‘xshasa-da. Usman Dembele yana bir fantastik mavsumni o‘tkazdi. Keynning mahsuldorligi esa qolgan hammadan ustundir. U eng yaxshi fransuz futbolchilari va Messi bilan bir xil darajada o‘ynab, “Oltin butsa” uchun tengma-teng kurashmoqda», — deya Karragerning so‘zlarini keltirmoqda matbuot.













