Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Liverpul» Diogu Jota xotirasi uchun bag‘ishlangan memorialni ochdi

«Liverpul» Diogu Jota xotirasi uchun bag‘ishlangan memorialni ochdi

Baho:
+ | -

Diogu Jotaning fojiali o‘limidan deyarli roppa-rosa bir yil o‘tib, «Liverpul» klubi jamoaning sobiq futbolchisi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik memorialini ochdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Memorial «Liverpul»ning uy arenasi — «Enfild» stadioni yaqinida o‘rnatildi. Loyiha muallifi haykaltarosh Emma Rojers bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 3 iyul kuni Jota ukasi Andre Teysheyra bilan birgalikda YTHga (yo‘l-transport hodisasi) uchragan edi. Erta tongda ular ketayotgan avtomobil Ispaniyaning Samora provinsiyasidagi trassada shinasi portlagani tufayli yo‘ldan chiqib ketgan va yonib ketgan. Aka-ukalar voqea joyida vafot etishgan.

Vafot etgan vaqtida Diogu Jota bor-yo‘g‘i 28 yoshda edi.

Kiritildi: 02:56, 03.07.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик