Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

41 yoshli Kasorla faoliyatini yakunladi

41 yoshli Kasorla faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik mashhur yarim himoyachi Santi Kasorla 41 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

«Shunday hikoyalar borki, ular hech qachon tugamaydi. Ular abadiy qoladi. Hammasi uchun rahmat», — deb yozdi Kasorla.

Yarim himoyachining so‘nggi klubi «Real Ovyedo» bo‘ldi, Kasorla o‘z faoliyatini aynan shu klubda bundan 25 yil avval boshlagan edi. Ortda qolgan mavsumda yarim himoyachi La Liga doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Kasorla faoliyati davomida Londonning «Arsenal», «Vilyarreal», «Malaga» va Qatarning «As-Sadd» klublarida ham to‘p surgan.

Kasorla Ispaniya terma jamoasi safida ikki karra Yevropa chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u «Arsenal» bilan birgalikda ikki martadan Angliya Kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 03:47, 03.07.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик