Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq portugaliyalik yulduzning opasi Katya Aveyru hujumchi JCH-2026dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini aytgandi: «Mening bilishimcha, bu uning «so‘nggi raqsi».
«Krishtianuning kelajagi ayni damda hech qanday ahamiyatga ega emas. Men aytaman... G‘alaba yoki mag‘lubiyatdan so‘ng menda vaqt bo‘ladi, oilam bilan gaplashib olaman va eng to‘g‘ri qarorni qabul qilaman. Men endi hech qanday qarorni qiziqqonlik bilan qabul qilmayman, hamma narsa xotirjamlik bilan hal etiladi. Hozir esa bugungi lahzalardan zavqlanish kerak», — dedi portugaliyalik hujumchi JCH-2026 1/16 finali doirasida Xorvatiyaga qarshi kechgan o‘yindan (2:1) so‘ng.













