Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Ronaldu: «Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun azob chekishga tayyor bo‘lish kerak»

Ronaldu: «Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun azob chekishga tayyor bo‘lish kerak»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026ning 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida xorvatlar hisobni ochishdi, 68-daqiqada esa Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, tablodagi muvozanatni tikladi. 94-daqiqada Gonsalu Ramush portugaliyaliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

«Bugun qiyin bo‘lishini bilardim. Sardor sifatida men ilgari ham bunday holatlarni boshdan kechirganman. Men doim chidashni bilish kerakligini aytib kelganman. Bunday turnirda g‘olib chiqish uchun sabr qilish va azob cheka olish lozim. Menimcha, muxlislar uchun bu juda yorqin tomosha bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, ikkinchi bo‘lim esa bir oz tartibsizroq kechdi, ammo bu odatiy hol.

Xorvatiya gol urganida biz izdan chiqdik va sarosima paydo bo‘ldi, biroq keyin penalti ishlab oldik, hisobni tenglashtirdik va yengil tin oldik. Aynan shu vaziyatdan so‘ng ruhiy jihatdan bizga ancha osonlashdi», — dedi Ronaldu o‘z intervyusida.

Endilikda 6 iyul kuni 1/8 final bosqichi doirasida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi superto‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:42, 03.07.2026.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик