Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 final bahsida Shveysariya va Jazoir terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Murat Yakin shogirdlari Afrika vakili ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati bo‘lib o‘tgan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Ushbu uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘lgan hujumchi Brel Embolo o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shu tariqa, Shveysariya terma jamoasi nufuzli turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi. Chorak final yo‘llanmasi uchun Yakin jamoasi Kolumbiya — Gana juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi.













