Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z rasmiy sayti orqali «Ayntraxt»ning chap qanot himoyachisi Nataniel Braun bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. 23 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Avvalroq jurnalist Fabrisio Romano myunxenliklar Braun transferi uchun 55 million yevro to‘lashini xabar qilgan edi.
Nataniel Braun 2024 yil yozidan buyon «Ayntraxt» safida to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.
Braun Germaniya terma jamoasi safida shu kunga qadar 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.













