Yulian Nagelsman 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketilganidan so‘ng Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
«Musobaqadan chiqib ketganimizdan keyin bir necha kun davomida ko‘p o‘yladim. Yaqin insonlarim, shuningdek, federasiyadagilar bilan maslahatlashdim. Bu qaror men uchun oson kechmadi. Men uchun doim eng muhim masala jamoaning muvaffaqiyati bo‘lgan.
Bunday og‘ir omadsizlikdan keyin jamoa hammasini yangidan boshlash imkoniga loyiq. Murabbiylar shtabi, jamoamizga xizmat qilgan barcha mutaxassislar va federasiyada bizni qo‘llab-quvvatlagan insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, men ishlash baxtiga muyassar bo‘lgan futbolchilarga katta rahmat.
Shuningdek, muxlislarga alohida tashakkur aytmoqchiman. Sizlar bizga ishondingiz, doim qo‘llab-quvvatladingiz va hatto og‘ir paytlarda ham kuch bag‘ishladingiz. Sizlarning umidingizni oqlay olmaganimiz va ushbu jahon chempionatida sizlarga unutilmas futbol oqshomlarini taqdim eta olmaganimizdan chin dildan afsusdaman. Sizlar bundan ham yaxshirog‘iga munosib edingiz», — dedi Nagelsman. Uning so‘zlarini Germaniya futbol ittifoqi (DFB) matbuot xizmati keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan va musobaqani tark etgan edi.













