Ispaniyalik himoyachi Mario Xila "Milan"ga o‘tishga rozilik berdi. Endi "rossonerilar" rahbariyati potensial jihatdan juda yaxshi bo‘lgan ushbu futbolchisi bilan xayrlashishni istamayotgan "Lasio" klubini ko‘ndirish uchun to‘g‘ri so‘zlar va moliyaviy rag‘batlar (takliflar) topishi kerak, xolos. Bu haqda pianetamilan.it portali xabar bermoqda.
Qizig‘i shundaki, aynan Xila shu yilning mart oyida "Milan" darvozasiga gol urgan edi — o‘sha mag‘lubiyat "Milan"ning inqiroziga asos bo‘lgan va jamoa ikki oy ichida chempionlik da’vogarligidan Italiya A Seriyasi turnir jadvalida beshinchi o‘ringa tushib ketgan edi.
Bunday regress Massimiliano Allegrining ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘ldi. Unga A Seriyaning so‘nggi turidan keyinroq chiqish eshigi ko‘rsatib yuborilgan edi.













