Kirish Ro'yxatdan o'tish

Oksleyd-CHemberlen «Seltik» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Oksleyd-CHemberlen «Seltik» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen faoliyatini Shotlandiyaning «Seltik» klubida davom ettiradi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar bir yillik yangi shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.

Oksleyd-CHemberlen 2026 yil fevral oyida erkin agent sifatida «Seltik» safiga qo‘shilgan edi. Uning avvalgi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qilgan.

Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Martin O'Nil yarim himoyachining o‘yinidan mamnun. Futbolchining o‘zi ham Yevropaning boshqa klublaridan takliflar bo‘lishiga qaramay, «Seltik»da qolishni ma’qul ko‘rgan.

Manba: www.euro-football.ru
Kiritildi: 02:51, 04.07.2026.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик