Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Kabo-Verde bosh murabbiyi: «Futbolchilarim bilan faxrlanaman»

Kabo-Verde bosh murabbiyi: «Futbolchilarim bilan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi bosh murabbiyi Leytan Britu Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Argentinadan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Afrikalik futbolchilar qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, nufuzli turnirni tark etishdi.

«Jamoamiz Jahon chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Biz amaldagi jahon chempionlari bilan bahsda ikki marta hisobni tenglashtira oldik, Argentina bilan qo‘shimcha taymgacha yetib bordik. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz aslida kim ekanligimizni butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ydik», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati.

Afrikaliklarni mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi JCH-2026ning nimchorak finaliga yo‘l oldi. «Albiseleste» o‘zining navbatdagi uchrashuvini 7 iyul kuni Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:23, 04.07.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик