Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

«Beshiktosh» «Arsenal» hujumchisini nishonga oldi va transfer taklifini yubordi

«Beshiktosh» «Arsenal» hujumchisini nishonga oldi va transfer taklifini yubordi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Arsenal» hujumchisi Leandro Trossar uchun 20 million yevro taklif qilmoqda, deb yozadi football-italia.net portali.

«Beshiktosh» bosh murabbiyi Vinchenso Italyano o‘z o‘yin uslubiga mos ravishda hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini faol tarzda izlamoqda. Turkiya va Italiya manbalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klub londonliklarga belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborib ulgurgan. Sxema 18 million yevro kafolatlangan summa + 2 million yevro bonus ko‘rinishida ifodalangan.

31 yoshli belgiyalik Trossard ayni damda Belgiya terma jamoasi safida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Uning «Arsenal» bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga yetadi, shu sababli London klubi futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun uni shu yozda sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 12:24, 04.07.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик