Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Kabo-Verde ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Ushbu uchrashuvda «albiseleste» qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida zafar quchgan edi.
«Biz juda kuchli terma jamoalar yig‘ilgan turnirda ishtirok etyapmiz. G‘alabadan so‘ng darhol keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Misrga qarshi bahs oson kechmaydi, biz bu uchrashuvga yuqori darajadagi shaylik bilan yondashishimiz kerak. Bu jamoa bizga jiddiy muammolar tug‘dirishga qodir», — deya xavbekning so‘zlarini Argentina futbol assosiasiyasi matbuot xizmati keltiradi.
Argentina va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvi seshanba, 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













