Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Gana bosh murabbiyi JCH-2026dan chiqib ketgach fikr bildirdi

Gana bosh murabbiyi JCH-2026dan chiqib ketgach fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahs haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Afrikaliklar 0:1 hisobida minimal mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etishdi.

«Raqiblarimiz o‘yinni o‘z nazoratida ushlab turishdi. Ularda to‘p uzatishlar va maydondagi harakatlanish yaxshiroq chiqdi. Biz Kolumbiya darvozasi oldida vaziyatlar yaratishga harakat qildik, biroq so‘nggi pasni berishda aniqlik yetishmadi. O‘ylaymanki, yakunda kuchliroq bo‘lgan jamoa g‘alaba qozondi», — deya mutaxassisning so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Jahon chempionatining keyingi raundida (1/8 finalda) Kolumbiya terma jamoasiga Shveysariya milliy terma jamoasi raqiblik qiladi.

Kiritildi: 12:57, 04.07.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик