Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Messi Kabo-Verdening Ispaniya va Urugvayga qarshi o‘yinlarini esladi

Messi Kabo-Verdening Ispaniya va Urugvayga qarshi o‘yinlarini esladi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026ning 1/16 finalida Kabo-Verde ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda qozonilgan qiyin g‘alaba (3:2) haqida gapirdi.

39 yoshli futbolchi uchrashuvda gol urib, bahs qahramonlaridan biriga aylandi. Nimchorak final (1/8 final) yo‘llanmasi taqdiri esa faqat 111-daqiqada — raqib futbolchisi tomonidan urilgan avtogol evaziga «albiseleste» foydasiga hal bo‘ldi.

«Biz Kabo-Verde terma jamoasining Ispaniya va Urugvayga qarshi qanday o‘ynaganini ko‘rgan edik. Shu sababli bugun juda qiyin bo‘lishini bilardik. Pley-off bosqichida oson raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Ba’zida odamlar ayrim jamoalarning imkoniyatlarini past baholashadi, lekin biz bugun og‘ir bahs kutayotganiga amin edik.

Ushbu uchrashuvdan o‘zimiz uchun foydali xulosalar chiqarishimiz mumkin — o‘yindagi omadsiz va xato vaziyatlarni jiddiy tahlil qilib chiqishimiz kerak», — deya The Touchline nashri Messining so‘zlarini keltiradi.

JCH-2026ning 1/8 finalida Argentina terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:30, 04.07.2026.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик