Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Sammervillning «Manchester Yunayted»ga ehtimoliy transfer summasi ma’lum bo‘ldi

Sammervillning «Manchester Yunayted»ga ehtimoliy transfer summasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Vest Xem»ning niderlandiyalik vingeri Krisensio Sammervill «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, «bolg‘achilar» Premyer-ligadan tushib ketganidan so‘ng, Sammervillning shartnomasidagi tovon puli miqdori 82 million yevrodan 47 million yevrogacha sezilarli darajada pasaygan. 24 yoshli futbolchini sotib olishga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, jamoa quyi ligaga tushib ketganidan keyin Sammervillning maoshi ham kamaygan. Shu sababli, futbolchining o‘zi ham jamoani tark etishni xohlashi istisno etilmayapti.

2025/26 yilgi mavsumda Sammervill barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 15:42, 04.07.2026.
O'qildi: 1597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик