Fransiya milliy terma jamoasining qanot hujumchisi Dezire Due JCH-2026 da «uchranglilar»ning asosiy tarkibidan joy olish uchun vinger Bredli Barkola bilan bo‘layotgan raqobat haqidagi savolga javob berdi.
«PSJ» futbolchisi terma jamoada klubdoshi bilan hech qanday adovat yoki raqobat yo‘qligini tan oldi.
«Biz bir jamoaning a’zolarimiz. Bosh murabbiy asosiy tarkib bo‘yicha qaror qabul qiladi, ammo jamoaning har bir a’zosi o‘z roliga ega va har bir futbolchi o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Ikkalamiz ham turli pozisiyalarda o‘ynaymiz, lekin bir-birimizni ajoyib tarzda to‘ldiramiz», — deya Duening so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Didye Desham shogirdlari AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan mundial finali sari yo‘lini davom ettirmoqda. 1/8 finalda fransuzlar Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv 5 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.













