Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Kloppning Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy tayinlanishiga «Bavariya»ning munosabati ma’lum bo‘ldi

Kloppning Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy tayinlanishiga «Bavariya»ning munosabati ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati Yurgen Kloppning Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.

O‘tmishda «Bavariya» va Klopp o‘rtasidagi munosabatlar oson bo‘lmaganiga qaramay, hozirda klub Germaniya terma jamoasiga aynan ushbu mutaxassis kerak deb hisoblamoqda. So‘nggi bir necha yil ichida Klopp va «Bavariya» bir-biriga ancha yaqinlashib qoldi. Mamlakatning amaldagi chempioni rahbariyati «Borussiya» va «Liverpul»ning sobiq ustozi hozirgi nemis jamoasi uchun eng munosib murabbiy ekanligiga shubha qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH-2026 da muvaffaqiyatsizlikka uchrab, 1/16 final bosqichidayoq turnirni tark etgan edi. Shundan so‘ng Yulian Nagelsmann jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Kiritildi: 16:28, 04.07.2026.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик