«Sporting»ning tayanch yarim himoyachisi Morten Yulmann Madridning «Atletiko» klubi a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda A BOLA nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, klublar futbolchining transferini yaqin kunlarda kelishib olishlari mumkin. «Sporting» mavsum oldi yig‘inlariga jo‘nab ketishidan oldin, tomonlar kelasi hafta ushbu kelishuvni yakunlashni maqsad qilishgan.
Muzokaralar ijobiy ruhda kechayotgani va faqatgina bir nechta detallarni kelishib olish qolgani aytilmoqda. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Yulmann barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













