«PSJ»ning fransiyalik hujumchisi Bredli Barkola faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlayotganini hal qildi.
Jurnalist Lyuis Stilning xabar berishicha, 23 yoshli Barkola «Liverpul»dan ko‘ra «Arsenal»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Futbolchini Mikel Arteta qo‘l ostida to‘p surish imkoniyati hamda Londondagi hayot o‘ziga jalb qilmoqda.
Yakunlangan klub mavsumida Barkola barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Barkolaning «PSJ» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, vingerning transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.













