Lamin Yamal joriy Jahon chempionatida raqiblarini yakkama-yakka kurashlarda aldab o‘tishga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turibdi.
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi vingeri JCH-2026 musobaqasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning har 90 daqiqalik o‘yin vaqtiga to‘g‘ri keladigan aldamchi harakatlar soni o‘rtacha 12 tani tashkil etmoqda — bu maydonda 200 va undan ortiq daqiqa harakat qilgan futbolchilar o‘rtasida XXI asrdagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Jahon chempionatlarida oxirgi marta har 90 daqiqada bunchalik ko‘p dribling ishlatishga nigeriyalik Jey-Jey Okocha 1998 yilgi mundialda jazm etgan edi.













