Myunxenning «Bavariya» klubi va Kolumbiya terma jamoasi vingeri Luis Dias 2026 yilgi jahon chempionatidagi hozirgi jismoniy holatiga baho berdi.
«O‘zimga bo‘lgan ishonchim hali to‘liq qaytgani yo‘q. Ammo men bu yerda Kolumbiya xalqiga va’da beraman: ular umidlarini uzmasliklari kerak. Mendan nima kutishayotganini juda yaxshi bilaman!» — deya Diasining so‘zlarini keltiradi Actu Foot ijtimoiy tarmoqlarda.
Davom etayotgan JCH-2026 da Luis Dias to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha Meksika, AQSH va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning 1/8 finalida Kolumbiya Vankuverdagi «Bi-Si Pleys» stadionida Shveysariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 7 iyul, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 8 iyulga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.













