Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Didye Desham jahon chempionatlari tarixidagi murabbiylar rekordini o‘rnatdi

Didye Desham jahon chempionatlari tarixidagi murabbiylar rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi eng ko‘p g‘alabaga erishgan murabbiyga aylandi. Bu haqda Squawka statistika portali xabar berdi.

Bu natija Fransiya terma jamoasi 57 yoshli mutaxassis boshchiligida JCH-2026 1/8 finalida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin qayd etildi. Shu tariqa, Desham jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va tarixda bunday natijaga erishgan ilk murabbiy bo‘ldi.

Avvalroq Desham boshchiligida Fransiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 2022 yilgi mundialda esa finalgacha yetib borib, Argentinaga mag‘lub bo‘lgan edi.

Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya terma jamoasi Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:21, 05.07.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик