Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Karlo Anchelotti Norvegiya terma jamoasi haqida fikr bildirdi

Karlo Anchelotti Norvegiya terma jamoasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan raqibning kuchli tomonlarini baholadi.

«Norvegiya juda murakkab raqib. Bu yaxshi shakllangan tuzilmaga, yuqori mahoratga va a’lo darajada tashkil etilgan o‘yinga ega jamoa. Ular hujumda katta salohiyatga ega bo‘lish bilan birga, yaxshi muvozanatni ham saqlaydi. Norvegiya hujumkor futbol o‘ynaydi, shuning uchun ularga qarshi tezkor qarshi hujumlar uyushtirish juda qiyin. Chunki ularning markaz chizig‘i juda yaxshi harakat qiladi.

Biz eng yaxshi futbolimizni namoyish etishimiz kerak va menimcha, aynan hozir biz bunga qodirmiz. Yaponiyaga qarshi qiyin uchrashuvdan keyin o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yanada oshdi. Biz yanada kuchliroq bo‘lishga intilayapmiz va har qanday ssenariyga tayyormiz», — dedi Anchelotti Braziliya terma jamoasi matbuot xizmatiga.

Braziliya va Norvegiya o‘rtasidagi JCH-2026 1/8 final uchrashuvi 5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:59, 05.07.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик