Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Tyago Alkantara: «Yamalda yaqin yillarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun hamma narsa bor»

Tyago Alkantara: «Yamalda yaqin yillarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun hamma narsa bor»

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Bavariya» klublari sobiq futbolchisi Tyago Alkantara «Manchester Yunayted» sobiq sardori Rio Ferdinandning kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalda ishga bo‘lgan munosabat (mentalitet) noto‘g‘ri shakllangan degan fikriga javob qaytardi.

«Uning mentaliteti noto‘g‘ri deb o‘ylamayman, u shunchaki hali yosh yigit. Hozir u o‘zi loyiq bo‘lgan ajoyib hayotni boshdan kechirmoqda. Uning uzoq yillar davomida yuqori saviyada barqaror faoliyat yuritishi yoki buning qisqa vaqt davom etishi faqat o‘zining qaroriga bog‘liq. Yamalda haqiqatan ham yaqin yillarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun hamma narsa bor», — dedi Alkantara Rio Ferdinandning podkastida.

2025/26 yilgi mavsumda Lamin Yamal «Barselona» safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:38, 05.07.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик