Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Sergey Tashuyev: «Bunday o‘yin hammaga foydali»

Sergey Tashuyev: «Bunday o‘yin hammaga foydali»

Baho:
+ | -

«Andijon» hamda Rossiyaning «Enisey» (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Sergey Tashuyev «Andijon» matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida fikringiz qanday?

— Yaxshi sparring bo‘ldi. Raqib tarkibida mahalliy va xorijlik futbolchilarning borligi o‘yinning qizg‘in o‘tishiga sabab bo‘ldi.

— Bir so‘z bilan aytganda, «Andijon» sizda qanday taassurot qoldirdi?

— Yuqorida aytganimdek, tarkib yaxshi va shunga mos ravishda bahsimiz ancha qizg‘in kechdi. Ammo futbolda o‘sishning chegarasi bo‘lmaydi. Ana shunday nazorat uchrashuvlari orqali murabbiylar qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini bilib olishadi.

— O‘yindan ko‘nglingiz to‘ldimi?

— Umumiy ma’noda so‘rayapsizmi yoki jamoamning o‘yini haqidami?

— Umumiy ma’noda...

— Albatta, ko‘nglim to‘ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv guvohi bo‘ldik. Bunday o‘yin hammaga foydali. Ayniqsa, tarkibdagi yosh futbolchilar uchun juda katta tajriba bo‘ladi.

— Jamoamizdagi qaysi futbolchilar sizda yaxshi taassurot qoldirdi?

— Futbolchilaringizning ism-shariflarini bilmayman. Menga ko‘proq hujum chizig‘ining o‘ng qanotida harakat qilgan futbolchingiz ma’qul keldi. Ammo, rostini aytsam, uchrashuv davomida butun e’tiborim o‘z shogirdlarimda bo‘ldi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 12:00, 05.07.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик