Paragvay terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati bahslarida 1998 yildan buyon ilk bor birorta ham sariq kartochka olishmadi. O‘sha paytda jamoa sharafini hali afsonaviy darvozabon Xose Luis Chilavert himoya qilar edi.
JCH–2026 musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan Fransiyaga qarshi uchrashuv 1:0 hisobida raqib foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindagi yagona golni penaltini aniq amalga oshirgan Kilian Mbappe kiritdi.
E’tiborli jihati shundaki, roppa-rosa 28 yil avval ham paragvayliklar aynan 1/8 finalda fransuzlarga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketishgan edi.
O‘sha paytlarda qo‘shimcha bo‘limlarda «oltin gol» qoidasi amal qilardi. Agar jamoalardan biri gol ursa, xuddi xokkeydagi overtaym kabi o‘yin muddatidan oldin yakunlanar edi. 1998 yilgi bahsning 119-daqiqasida Loran Blan fransuzlarga g‘alaba keltirgan va yakunda Eme Jake shogirdlari o‘z tarixlarida ilk bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritishgan edi.













