Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Fenerbaxche» Grinvudga qiziqayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

«Fenerbaxche» Grinvudga qiziqayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche» klubi Grinvud bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi mish-mishlarni rasman rad etdi, deb yozadi football-italia.net nashri.

«Roma» klubi jiddiy tarzda kuzatayotgan «Marsel» vingeri Meyson Grinvudning transferi bilan bog‘liq vaziyat yangi mish-mishlar bilan boyishda davom etmoqda. Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi rasmiy bayonot bilan chiqib, Fransiya klubi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi.

Avvalroq turkiyalik insayder Yag‘iz Sabunjuo‘g‘li «Fenerbaxche» Grinvud uchun «Marsel»ga 50 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini va go‘yoki klubning ikki nafar vakili muzokaralar o‘tkazish uchun Fransiyaga uchib ketganini da’vo qilgan edi.

Bunga javoban Istanbul grandi rasmiy bayonot e’lon qilib, ayni damda klubdan hech kim transfer muzokaralari olib borish uchun Fransiyada bo‘lib turmaganini qat’iy ta’kidladi. Klub rahbariyati muxlislarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan muntazam ravishda chalg‘itishga bo‘layotgan urinishlar tufayli ushbu bayonotni berishga majbur bo‘lganini qayd etdi.

Shunga qaramay, insayder Sabunjuo‘g‘lining manbasi va Fransiyaning Footmercato nashri «Fenerbaxche» direktori Feridun Gejel baribir Fransiyada bo‘lib turganini da’vo qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 13:33, 05.07.2026.
O'qildi: 400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик