Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Tuxel: «Meksikaga qarshi o‘yinda tribunalar bosimiga tayyormiz»

Tuxel: «Meksikaga qarshi o‘yinda tribunalar bosimiga tayyormiz»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 finali doirasida Meksika milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz tribunalar tomonidan bo‘ladigan bosimga tayyormiz. «Asteka» kabi stadionlarda ishqibozlar o‘z futbolchilariga qo‘shimcha ishonch bag‘ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Dunyoda bunday arenalar u qadar ko‘p emas. O‘ylaymanki, muxlislar o‘z jamoasiga yordam berish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladilar», — deya nemis mutaxassisining so‘zlarini Lequipe nashri keltirmoqda.

Meksika va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 6 iyul kuni Mexiko shahrida bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:00 da yangraydi.

Kiritildi: 13:36, 05.07.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик