Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p suruvchi ispaniyalik xavbek Gavi argentinalik hujumchi Xulian Alvaresning «Atletiko»dan «ko‘k-anorranglilar» lageriga o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi.
«Bu amalga oshadi deb umid qilamiz. Menimcha, Xulian o‘z kelajagi qanday bo‘lishini o‘zi hal qiladi. Uning orzusi — «Barselona»da o‘ynash. Bu sodir bo‘lsa, yaxshi bo‘lar edi», — deya yarim himoyachining so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltirmoqda.
26 yoshli hujumchi 2024 yilning avgust oyidan buyon «matraschilar» (Madridning «Atletiko» klubi) sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Alvaresning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 100 million yevroga baholangan.













