Jahon chempionati — 2026 turnirining 1/8 final bosqichida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadilar. «Qizil furiya» xavbeki Gavi bo‘lajak uchrashuv haqida gapirib o‘tdi.
«Bu biz ushbu Jahon chempionatida to‘qnash keladigan eng kuchli jamoa bo‘ladi. Portugaliya terma jamoasida ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Biz bor e’tiborimizni o‘yinga qaratganmiz. Bizning kuchimiz tarkibning kengligida va ijrochilarning yuqori mahoratidadir. Bo‘lajak o‘yinda buni ko‘rsatib beramiz», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
Portugaliya — Ispaniya uchrashuvi dushanba, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













