Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri Portugaliya terma jamoasi a’zosi Vitinya haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Dushanba, 6 iyul kuni jamoalar o‘zaro Jahon chempionatining chorak final yo‘llanmasini o‘ynashadi.
«Vitinya — juda yuqori darajadagi o‘yinchi, ayniqsa to‘p nazorati borasida. U tinimsiz yuguradi, hech qachon to‘xtamaydi — maydonda unga qarshi to‘qnash kelganimda bu meni doim hayratda qoldirgan. Vitinya doimo uzatma amalga oshirish uchun imkoniyat topa oladi. Avval aytganimdek, bu top-darajadagi o‘yinchi. Dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri», — deya Marca Pedrining so‘zlarini keltirmoqda.
1/16 finalda Ispaniya Avstriyani mag‘lub etgan (3:0), Portugaliya esa Xorvatiya ustidan g‘alabani ilib ketgan edi (2:1).













