«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan o‘z kutishlari bilan o‘rtoqlashdi. Jahon chempionati — 2026 turnirining 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasi dushanba, 6 iyul kuni Portugaliya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv AQSHning Arlington shahridagi «Ey-Ti-end-Ti» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Krishtianu Ronaldu kabi afsonaga qarshi o‘ynash unutilmas bo‘lardi. Men undan libosini so‘ragan bo‘lardim, lekin uning orqasidan butun bir navbat yuzaga kelishi aniq!» — deya Kubarsining so‘zlarini keltirmoqda Fabrisio Romano.
19 yoshli futbolchi Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichidagi barcha uchta o‘yinni va turnirning 1/16 finali doirasidagi Avstriyaga qarshi uchrashuvni (3:0) to‘liq o‘tkazdi.













