«Roma» «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud bo‘yicha taklif tayyorlash uchun klub xo‘jayinlaridan rozilik oldi. Bu haqda RomaPress xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli ingliz hujumchisi ayni paytda boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni to‘xtatib turibdi va Rim klubi tomonidan aniq qadam tashlanishini kutmoqda. Futbolchiga «Fenerbaxche» va «Atletiko» ham qiziqish bildirgan edi, biroq aynan «Roma» so‘nggi kunlarda muzokaralar jarayonini tezlashtirdi.
Corriere dello Sport nashrining qayd etishicha, rimliklar bonuslar va keyingi sotuvdan foizni o‘z ichiga olgan holda jami 45 million yevro miqdorida mablag‘ sarflashadi.
Transfer bo‘yicha yakuniy qaror yaqin 24 soat ichida qabul qilinishi kutilmoqda. Klub hujumchining Fransiya jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qaydnomasiga kiritilmasligidan umid qilmoqda, bu esa bitimni tezlashtirishi mumkin.













