Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

De la Fuente: «Ispaniya dunyodagi eng yaxshi yarim himoyaga ega, buni hurmat saqlagan holda aytyapman»

De la Fuente: «Ispaniya dunyodagi eng yaxshi yarim himoyaga ega, buni hurmat saqlagan holda aytyapman»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentedan ushbu Jahon chempionatidagi yarim himoya chizig‘ini ispanlar g‘alaba qozongan JCH-2010 musobaqasidagi yarim himoyachilar bilan solishtirishni so‘rashdi.

«Bular — ikkita buyuk yarim himoya chizig‘i. Mening fikrimcha, va buni ulkan hurmat bilan aytyapman, hozir bizda dunyodagi eng yaxshi yarim himoya mavjud. Har bir pozisiya uchun ixtiyorimizda yuqori darajadagi ikkitadan futbolchi bor.

Ularni sanab o‘tishim mumkin: Rodri, Subimendi, Fabian [Ruis], Pedri, Olmo, Merino, Baena, Gavi, jarohati tufayli qaydnomaga kiritilmagan Fermin va hokazo. Kimnidir unutib qoldirgan bo‘lsam, xafa bo‘lishi tabiiy. Iltimos, xafa bo‘lishmasin, men hammani eslayman.

2010 yildagi yarim himoya ham ajoyib edi, bu haqiqat. Futbol o‘zgarmoqda, lekin men bizni deyarli o‘sha darajaga qo‘ygan bo‘lardim», — dedi de la Fuente.

Ispaniya Jahon chempionatining 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 6 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:05, 05.07.2026.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик