Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Migel Danni milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi bo‘ladigan bo‘lajak o‘yinidan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
«1/16 finalda Portugaliya kuchli terma jamoaga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdi, biroq yakunda jamoa muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ispaniya bilan bo‘ladigan navbatdagi bahs ham oson kechmaydi, lekin men g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman. Nafaqat Ronaldu, balki Portugaliya terma jamoasining barcha futbolchilari maydonda bundan ham ko‘proq kuch sarflashlari kerakligini tushunib turishibdi. Ular haqiqatan ham yaxshi futbolchi ekanliklarini bilishadi, ammo hozircha o‘z potensiallarini to‘liq namoyish eta olishmayapti. Shunga qaramay, men ular har bir o‘yin sayin yaxshiroq va mazmunliroq o‘ynab borishlariga ishonaman», — dedi Danni.
Portugaliya futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Jamoa 6 iyul kuni «Ey-Ti-end-Ti» stadionida (Arlington, Texas, AQSH) Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.













