Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Rossiyalik sobiq futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi ishtirokini yuqori baholadi

Rossiyalik sobiq futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi ishtirokini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

Moskvaning «Lokomotiv» klubi safida Rossiyaning ikki karra chempioni bo‘lgan, Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ruslan Pimenov O‘zbekiston milliy jamoasini JCH-2026ni guruh bosqichida tark etgani uchun tanqid qilmaslik kerakligini ta’kidladi.

«O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqqani sensasiyami? Albatta. Ular o‘zlarini ko‘rsatishdi, mundialda qatnashishdi — hammasi joyida. Bu ular uchun juda katta yutuq. Yana qachon jahon chempionatiga chiqishlarini hech kim bilmaydi», — dedi Pimenov.

Sobiq futbolchining ta’kidlashicha, O‘zbekiston terma jamoasining mundialda urgan ikki goli ham Rossiya Premyer-ligasida to‘p surgan futbolchilar hisobiga to‘g‘ri keldi — sobiq «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov va SSKAning sobiq forvardi Abbosbek Fayzullayev.

«O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ikki golini Rossiya Premyer-ligasida o‘ynagan yigitlar urdi. Ular o‘z saviyasini namoyish qildi, yaxshi holatda ekanini ko‘rsatdi. Qolganlar esa yanada o‘sishi kerak.

O‘zbekiston tezda musobaqani tark etdimi? Albatta, barchamiz qo‘shnilarimizga muxlislik qildik. Lekin endi yigitlarni tanqid qilish... Bir o‘ylab ko‘ring, hatto Italiya ham mundialga chiqa olmadi, saralashdan o‘ta olmadi. Italiya 12 yildan beri jahon chempionatida ishtirok etmayapti, ammo O‘zbekiston qatnashdi. Buning o‘zi katta muvaffaqiyat», — dedi Pimenov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo DRga (1:3) mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta yakunlagan edi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:14, 05.07.2026.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик