Kirish Ro'yxatdan o'tish

Norvegiya terma jamoasi Vinisiusni to‘xtatish uchun maxsus reja ishlab chiqdi

Norvegiya terma jamoasi Vinisiusni to‘xtatish uchun maxsus reja ishlab chiqdi

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Braziliya terma jamoasining asosiy xavfi hujumchi Vinisius Juniordan keladi deb hisoblaydi.

The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, Solbakken braziliyaliklarga qarshi o‘yinda yangi taktik sxemadan foydalanmoqchi. Ushbu taktika Vinisiusning maydonda imkoni boricha kamroq bo‘sh joyga (harakatlanish maydoniga) ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

Jahon chempionatining guruh bosqichidagi uchta o‘yinda Vinisius Junior to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Pley-offning ilk bosqichida Yaponiyaga qarshi kechgan bahsda esa yulduzli forvard samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Braziliya va Norvegiya o‘rtasidagi uchrashuv soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:58, 05.07.2026.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик