Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Krishtianu Ronaldu: «Ispaniya — favorit, ammo biz g‘alaba uchun kurashamiz»

Krishtianu Ronaldu: «Ispaniya — favorit, ammo biz g‘alaba uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan raqibning imkoniyatlariga baho berdi va ispaniyalik iqtidorli hujumchi Lamin Yamal haqida ham fikr bildirdi.

«Men har doim Ispaniyani juda iqtidorli jamoa deb hisoblaganman. Har bir avlodda ham shunday bo‘lgan. Ular har doim har qanday turnirda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Ertangi o‘yin juda qiyin kechadi. Bizda ishonch, harakatchanlik va jasorat bo‘lishi kerak. G‘alaba qozonishning yagona yo‘li shu.

Nazariy jihatdan Ispaniya favorit, chunki ular ko‘proq sovrin yutgan. Men Ispaniyaga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Ularga qarshi bir necha marta maydonga tushganman va har safar bahslar juda keskin o‘tgan. Ertaga ham xuddi shunday bo‘ladi. Mayda jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratgan jamoa g‘alaba qozonadi. Umid qilamanki, bu Portugaliya bo‘ladi. Menda shunday hissiyot bor. Qolganini esa ertaga ko‘ramiz».

Ronaldu Ispaniya terma jamoasining yosh yulduzi Lamin Yamal haqida ham o‘z munosabatini bildirdi.

«Laminni buyuk kelajak kutmoqda. Rostini aytsam, Ispaniyaning to‘liq o‘yinlarini hali tomosha qilmadim, faqat Kabo-Verdega qarshi birinchi uchrashuvidan bir qismini ko‘rdim. Ammo uning kelajagi juda yorqin. U juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq men har doim Ispaniyani alohida futbolchilar emas, balki jamoa sifatida baholayman. Ular juda yaxshi o‘ynaydi va bizni juda og‘ir bahs kutib turibdi», — dedi Ronaldu AS nashriga.

Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 1/8 final uchrashuvi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:51, 05.07.2026.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик