«Tottenxem» markaziy himoyachisi Radu Dregushin yaqin orada «Fiorentina»ga o‘tadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi «Fiorentina» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgan, biroq bu yerda bitta jihat bor. «Binafsharanglilar» himoyachini ma’lum bir shartlar bajarilgan taqdirda majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Kelishuvning umumiy summasi 19 million yevroni tashkil qilishi mumkin, Dregushinning shartnomasi esa «1+4» sxemasi bo‘yicha imzolanadi.
Dregushin 2024 yildan buyon «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda futbolchi atigi 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.













