«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganiga ishora qildi.
JCH-2026 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahsdan so‘ng braziliyalik futbolchi hissiyotlarga boy fikr bildirdi. Neymar uchrashuvni zaxiradan boshlab, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan gol urdi.
«Men bor kuchim bilan harakat qildim va kurashdim. Endi hammasi tugadi. Men bu yerda boshlaganman, shu yerda ham yakunlayapman», — dedi Neymar Globo nashriga.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin Braziliya terma jamoasi JCH-2026 bilan xayrlashdi.
Neymar Braziliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 2010 yildan buyon terma jamoa safida 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













