Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Igor Korneev JCH-2026 1/8 finalida Fransiya va Paragvay o‘rtasidagi uchrashuvdagi hakamlik haqida keskin fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, bahs Fransiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuvni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqargan. O‘yin davomida Paragvay futbolchilari ko‘plab qoidabuzarliklar sodir etgan bo‘lsa-da, hakam ularni sariq kartochkalar bilan jazolamagan.
«Bu hakamlikdagi haqiqiy adolatsizlik. Men futbolchilarni asrash kerak demayapman, ammo ikkita shunday vaziyat bo‘ldiki, ular uchun qizil kartochka ko‘rsatish mumkin edi. U menga bir ko‘zi bog‘langan sirk otini eslatdi. Lekin VAR nima qildi? Nega ular bu vaziyatlarga e’tibor bermadi? Nima, hammasining ko‘zi ko‘rmay qoldimi?» — dedi Korneev «Match TV» telekanali efirida.













