Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Xoland: «Tarixga kiradigan ajoyib kun»

Xoland: «Tarixga kiradigan ajoyib kun»

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasining yulduz markaziy hujumchisi Erling Xoland JCH-2026 1/8 finali doirasida Braziliyaga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Skandinaviyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, hujumchi esa ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Ushbu yutuq Norvegiya tarixiga kiradi. Biz bu lahzadan zavqlanishimiz kerak. Ajoyib kun. Buni qabul qiling va huzurlaning», — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi APNews.

Norvegiya terma jamoasi Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. Stole Solbakken shogirdlari nufuzli turnirning yarim finaliga chiqish uchun Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:36, 06.07.2026.
O'qildi: 396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик