Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvida Norvegiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Bu mag‘lubiyat Braziliya uchun JCH-2002dan keyin (o‘sha mundial finalida ular Germaniyani mag‘lub etishgandi) jahon chempionatlari pley-off bosqichida Yevropa terma jamoalaridan qabul qilib olingan ketma-ket oltinchi muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi.
Xususan, Braziliya JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga, JCH-2018 chorak finalida Belgiyaga, JCH-2014 yarim finalida Germaniyaga, JCH-2010 chorak finalida Niderlandiyaga va JCH-2006 chorak finalida Fransiyaga yutqazib, turnir bilan xayrlashgan edi.













