«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Stiven Jerrard mersisaydliklar klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topilgani haqida gapirdi.
«Bu men uchun katta sharaf. Bundan juda ham mamnunman. Katta rahmat. Ushbu oilaning bir qismi ekanligimdan baxtiyorman. Men uchun muxlislar tomonidan berilgan bu e’tirof juda muhim», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi mersisaydliklar klubi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Stiven 1998 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda «Liverpul» sharafini himoya qilgan. «Qizillar» tarkibida Jerrard 186 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Angliya milliy terma jamoasi safida esa sobiq yarim himoyachi 114 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygan.













